Kanban voronka
Lidni sudrab keyingi bosqichga o'tkazasiz
Facebook va Instagram formasidan kelgan mijoz soniyalarda CRMga tushadi, navbatdagi sotuvchiga beriladi va to'lov qilguncha kuzatiladi. Siz esa kim kimga qo'ng'iroq qilgani va qancha pul tushganini bir qarashda ko'rasiz.
14 kun Biznes tarif bepul. Karta kiritish shart emas. O'zbek, rus va ingliz tillarida.
Reklamaga pul ketyapti, lekin lidlar qayoqqa ketyapti, bilmayman
Veyro'da har bir formadan kelgan ariza kartaga aylanadi. Birorta ham lid yo'qolmaydi, hatto ulanish bir muddat uzilsa ham.
Sotuvchi qo'ng'iroq qildimi, yo'qmi, tekshirib bo'lmaydi
Bosqichni faqat izoh yozib o'zgartirish mumkin. Har bir harakat tarixda qoladi: kim, qachon, nima dedi.
Oy oxirida kim qancha sotganini Excel'dan yig'amiz
To'lov chek bilan kiritiladi va Moliya hisobotiga o'zi tushadi: kun, to'lov turi va sotuvchi bo'yicha.
Bir marta sozlaysiz, keyin hammasi o'zi ishlaydi. Sotuvchi faqat mijoz bilan gaplashadi.
Facebook yoki Instagram formasini to'ldirgan odam soniyalarda CRMda paydo bo'ladi. Forma javoblari kartada saqlanadi.
Meta Lead AdsLid navbat bilan bo'sh sotuvchiga yoki forma uchun belgilangan odamga biriktiriladi. Sotuvchiga xabar boradi.
Navbatli taqsimlashHar yangi lidga "15 daqiqada qo'ng'iroq qilish" vazifasi qo'yiladi. Muddati o'tsa qizil bo'lib ko'rinadi.
Avtomatlashtirish"To'lov qildi" bosqichiga faqat summa va chek rasmi bilan o'tkaziladi. Pul darhol Moliyaga tushadi.
To'lovlarTelegram agent muammoni o'zi topadi, sizdan ruxsat so'raydi va har kuni kechqurun hisobot yuboradi.
Telegram agentLidni sudrab keyingi bosqichga o'tkazasiz
Yangi lid navbat bilan sotuvchiga beriladi
Sotuvchi faqat o'z lidlarini ko'radi
Qayta qo'ng'iroq vaqti esdan chiqmaydi
Har bir to'lov chek bilan, hisobot tayyor
Muammo chiqsa darhol sizga yozadi
Veyro lidlari reklama orqali keladigan va telefon orqali sotiladigan bizneslar uchun yaratilgan.
Yangi lid, bog'lanildi, sinov dars, to'lov. IELTS, matematika, IT kurslari va til markazlari uchun.
Har bir reklama formasi o'z mas'uli bilan. Qaysi formadan qancha sotuv bo'lganini ko'rasiz.
Klinika, turizm, ko'chmas mulk, avtosalon. Ariza qabul qilib, qo'ng'iroq bilan sotadigan har qanday jamoa.
Integratsiya bo'limida "Facebook bilan ulash" tugmasini bosasiz, sahifangizni tanlaysiz va kerakli formalarni belgilaysiz. Oldin kelgan lidlarni ham bir tugma bilan yuklab olish mumkin.
Ha. Veyro brauzerda ishlaydi va telefon ekraniga moslashgan. Ilova o'rnatish shart emas.
Har bir kompaniyaning ma'lumoti alohida saqlanadi. Sotuvchi faqat o'ziga biriktirilgan lidlarni ko'radi va bazani yuklab ololmaydi. Muhim harakatlar jurnalga yoziladi. Sayt shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali ishlaydi.
14 kundan keyin hisob Bepul tarifga o'tadi, ma'lumotlaringiz o'chmaydi. Xohlasangiz istalgan vaqtda pullik tarifni yoqasiz.
Ha. Har bir filial uchun alohida voronka yoki alohida kompaniya ochib, ular orasida bitta hisobdan o'tasiz.
Avval 14 kun bepul ishlatib ko'rasiz. Keyin jamoangiz kattaligiga mos tarifni tizim ichida ko'rasiz. To'lov uchun Telegram orqali @ismatillayev07 ga yozing. To'lovdan keyin tarif shu kuniyoq yoqiladi.
Ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa oladi. Facebook'ni ulash va jamoani taklif qilish yana 5 daqiqa.